1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainaning Rossiyaga nisbatan dron hujumlari kuchaymoqda

Rossiya havo mudofaa tizimlari 28 ta uchuvchisiz samolyotni yo‘q qildi.

Ukrainaning Rossiyaga nisbatan dron hujumlari kuchaymoqda

 

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, kecha Rossiya havo mudofaa tizimlari Ukraina Qurolli Kuchlariga tegishli 28 ta uchuvchisiz uchish apparatini (UUA) aniqlab, yo‘q qilgan. Ushbu dronlar Rossiyaning turli hududlari, jumladan, Bryansk va Rostov viloyatlari ustida urib tushirilgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Bryansk va Rostov viloyatlari osmonida jami 12 ta, Qrim havo hududida 2 ta, Krasnodar o‘lkasi hamda Azov dengizi ustida esa bittadan dron zararsizlantirilgan.

 

So‘nggi paytlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasida havo hujumlari faollashgani kuzatilmoqda. Xususan, bir necha kun oldin Ukraina dronlarining hujumi natijasida Krasnodar o‘lkasidagi neft bazasida yirik yong‘in sodir bo‘lgandi.

 

Rossiya rasmiylari bu kabi hujumlarning oldini olish uchun havo mudofaa choralarini yanada kuchaytirayotganini bildirgan. Hozircha Ukraina tomoni ushbu hujum bo‘yicha rasmiy izoh bergani yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика