Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi kurash byurosi (NABU) va Ixtisoslashtirilgan korrupsiyaga qarshi kurash prokuraturasi (SAPO) “Midas” ishi doirasida sobiq energetika vaziri va Adliya vazirligi sobiq rahbari German Galushchenkoni pul yuvish va jinoiy tashkilotda ishtirok etishda ayblamoqda. Bu haqda Ria novosti xabar berdi.
Galushchenko 2021-yil aprelidan 2025-yil iyuligacha energetika vaziri sifatida faoliyat yuritgan, so‘ng Adliya vazirligining rahbari etib tayinlangan. 2025-yil noyabr oyida energetika sektoridagi korrupsiyaga oid mojarolar tufayli lavozimidan ozod qilingan.
Ma’lum qilinishicha, Galushchenko 15-fevral kechasi poyezddan tushirilgan va chegarani kesib o‘tishga urinayotganda hibsga olingan. NABU ushbu amaliyotni shaxs jinoiy ishlar bilan bog‘liq bo‘lganda qo‘llaganini ta’kidladi.
Siyosatshunos Ivan Lizanning fikricha, sobiq vazirning hibsga olinishi energetika sohasidagi korruptsiyaga oid “Midas” ishining natijasidir.


