1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat / 
  4. “Ummon”dagi Zohid avtohalokatga uchradi — video

03:32 / 30.09.2022

1.2k

“Ummon”dagi Zohid avtohalokatga uchradi — video

“Ummon”dagi Zohid avtohalokatga uchradi — video

Hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar bor.

 

Yunusobod tumanidagi "Mega Planet" savdo markazi oldida mashhur qo‘shiqchi Zohid Risqiyev boshqaruvidagi BMW YTHga uchradi. U va ikki hamrohi shifoxonaga yotqizilgan, yana bir kishi voqea joyida vafot etgan.

 

Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida maʼlumot berdi.

 

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 29 sentyabr kuni taxminan soat 23:00 larda 1990 yilda tug‘ilgan Z.R. o‘zining boshqaruvidagi BMW rusumli (davlat raqam belgisi 01 N 806 HA) transport vositasida Ahmad Donish ko‘chasidan Yangishahar ko‘chasiga qarab harakatlanayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan. Oqibatda, transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchilari 1995 yilda tug‘ilgan J.I. hamda 1996 yilda tug‘ilgan J.Y. kasalxonaga yotqizilgan. 1994 yilda tug‘ilgan X.S. voqea joyida vafot etgan.

 

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshkarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

00:NaN

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика