1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Umra ziyorati narxlari oshirilmaydigan bo‘ldi

Bu bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkor shirkat vakillari bilan muzokara olib borishgan.

Umra ziyorati narxlari oshirilmaydigan bo‘ldi

 

Saudiya Arabistonida karantin cheklovlari yumshatilganidan so‘ng Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Eron va Misr kabi yirik musulmon mamlakatlariga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilgani va buning ortidan mehmonxona hamda boshqa xizmat turlariga talabning oshishi mumkinligi xabar qilingandi. Shuningdek, mazkur holat Ramazon oyida amalga oshiriladigan Umra tadbirlarining narx-navosiga ham ta’sir qilishi haqida aytilgandi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan hamkor shirkat vakillari bilan Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra ziyorati yuzasidan muzokaralar olib borilgani va belgilanadigan narx bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi.


Ta’kidlanishicha, Ramazon oyida Saudiya Arabistonidagi mavjud sharoitdan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatish narxlari oshayotgan bo‘lsada, sa’y-harakatlar natijasida Shavvol oyida (Ramazon oyidan keyin) Umra mavsumining oxirigacha ziyoratchilarning safar xarajatlari uchun amaldagi mavjud qiymat saqlab qolinadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика