1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Umumtaʼlim maktablarida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq hech qanday cheklovlar yo‘q — XTV

Xalq taʼlimi vazirligi maktablarda yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq xabarnomaga qo‘shimcha izoh berdi.

Umumtaʼlim maktablarida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq hech qanday cheklovlar yo‘q — XTV

 

"Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablariga Yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq cheklov yuzasidan tegishli xati noto‘g‘ri talqin qilinganini maʼlum qilamiz", – deyiladi vazirlik izohida.

 

Unda aytilishicha, umumtaʼlim maktablari hududida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq hech qanday cheklovlar mavjud emas.

 

Biroq vazirlik axborotida taʼkidlanishicha, maktablarda pul yig‘imlari hamda ota-onalarning eʼtirozlarini oldini olish maqsadida restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shahobchalarida maktab o‘quvchilariga Yangi yil bayramini o‘tkazish taqiqlanadi.

 

“Respublika maxsus komissiyasining turli xil korporativ bayram va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq taqiqlar vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlariga tatbiq etilganligini maʼlum qilamiz”, - deyiladi Xalq taʼlimi vazirligi bayonotida.

 

Avvalroq Yangi yil tadbirlari faqat boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика