UNICEF Yevroittifoqdan Ukraina uchun 40 million yevro oldi. Bu mablag‘ tashkilotning mamlakatdagi loyihalari uchun yo‘naltiriladi.
YEIning Afg‘onistondagi diplomatik missiyasi rahbari Andreas fon Brandtning so‘zlariga ko‘ra, ushbu pullarning 25 millioni poliomiyelitga qarshi bolalarni emlashga, 15 millioni esa bolalar himoyasiga sarflanadi.
Xususan, ota-onasidan ayrilgan 18 ming bolaga psixologik yordam va 7.5 ming bolaga professional taʼlim beriladi. Bundan tashqari, o‘ta qashshoq 4.6 ming uy xo‘jaliklariga ko‘mak taqdim etiladi.
Avvalroq Afg‘onistonda 1.2 million xotin-qizlar taʼlimdan chetlashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


