Maydon markazida 25 metrli Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatildi. Maydon ostidan esa avtomobil tunneli o‘tkazilgan.
Maʼlumot uchun: bu bosh maydon ostidan o‘tkazilgan mamlakatdagi ilk tunnel bo‘ladi. tunnel aeroport va temir yo‘l vokzalini bog‘lab turuvchi Al-Xorazmiy ko‘chasidan va Qirg‘izyop kanali ostidan o‘tishi ham rejaga kiritilgandi.
Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdining ot ustida tasvirlangan haykali majmuasida qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Bu haqda Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanov murojaatnoma vaqtida maʼlum qildi:
“Urganch shahrida transport vositalari tirbandligining oldini olish maqsadida Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasida soatiga 3,5 ming avtomobilni o‘tkazish quvvatiga ega yer osti o‘tish yo‘li foydalanishga topshirildi. Jaloliddin Manguberdi haykali majmuasida ham qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi”.

Shu bilan birga, Shovot tumanini Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumani bilan bog‘lovchi uzunligi 79 km bo‘lgan Shovot-Gurlan-Jumurtov-Qipchoq temir yo‘li hamda Amudaryo ustida uzunligi 413 metr bo‘lgan avtomobil va temir yo‘l ko‘prigida qurilish ishlari hali davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Jaloliddin Manguberdi majmuasi maʼnaviyat va g‘urur maskani bo‘lishi haqida fikr bildirgandi.
Cho‘lponoy Ahmedov


