1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Urganch shahri sobiq hokimi 3 yilga qamaldi

Sud hukmiga ko‘ra, Shuhrat Abdullayev mansab soxtakorligi va yer berish tartibini buzish bilan aybdor deb topildi.

Urganch shahri sobiq hokimi 3 yilga qamaldi

 

2023 yil 4 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudida sudlanuvchi Sh. A. (1967 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, 2018-2020 yillar mobaynida Urganch shahar hokimi lavozimida ishlagan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi.

 

Eʼlon qilingan sud hukmiga ko‘ra Sh.A. Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yilga muayyan huquqdan, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Xorazm viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi maʼlum qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика