1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Urganch” xalqaro aeroportida 50 dona qadimiy tangalar ushlab qolindi

Fuqaro temuriylar davri tangalarini qo‘l sumkasiga yashirgan.

“Urganch” xalqaro aeroportida 50 dona qadimiy tangalar ushlab qolindi

 

“Urganch” xalqaro aeroportidan “Urganch-Istambul” reysi orqali uchib ketayotgan chet el fuqarosi R.V. gumon qilinib unga tegishli bo‘lgan shaxsiy buyumlar solingan qo‘l sumkasi ichida, og‘zaki so‘rov paytida aytilmagan, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish ta’qiqlangan, 50 dona (1898, 1903, 1908, 1911, 1914, 1916, 1961, 1962, 1963) yillarda va temuriylar davri tangalari bo‘lgan, taxminan XV asrlarda Buxoro va Samarqandda zarb etilgan misdan yasalgan qadimiy tangalarni olib ketayotganligi aniqlandi.

 

Mazkur holat yuzasidan bojxona xodimlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining qaroriga asosan davlat egaligiga o‘tkazilgan. Hozirda ushbu qadimiy tangalar “Xiva Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonaga topshirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish mumkin emas.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика