1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Urganchda “Oʻzbek qizi” filmi namoyish etildi

Shuningdek, 300 nafardan iborat harbiylar, ularning oila aʼzolari va talaba yoshlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Urganchda “Oʻzbek qizi” filmi namoyish etildi

Xorazmda boʻlib oʻtayotgan “Kinokarvon” tadbirlari doirasida Urganch shahridagi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda “Oʻzbek qizi” filmi tomoshabinlar e'tiboriga havola qilindi. Shuningdek, 300 nafardan iborat harbiylar, ularning oila aʼzolari va talaba yoshlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

 

Tadbirlar doirasida ijodiy jamoa Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi harbiy-akademik litseyida, Xorazmning Yangibozor, Qoʻshko‘pir va Xiva tumanlaridagi madaniyat markazlarida aholi bilan ijodiy uchrashuvlar o'tkazdi va milliy filmlar namoyishi bo'lib o'tdi.

 

Kinematografiya agentligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Kinokarvon” bundan oldin Farg'ona va Sirdaryo viloyatlarida bo'ldi. Aksiya butun respublika bo'ylab o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, qolgan viloyatlarda ham ijodiy safarlarini davom ettirishi ko'zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика