1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Urganchdagi “zapravka”da 3 tonna benzin yonib ketdi

Katta yong’in yoqilg‘i tashuvchi avtosisternadan saqlash rezervuariga benzin quyish jarayonida yuzaga kelgan.

Urganchdagi “zapravka”da 3 tonna benzin yonib ketdi

8-avgust kuni soat 19:47 da Xorazm viloyati Urganch shahrining Jannat makon ko‘chasida joylashgan avtomobillarga mobil yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa, yoqilg‘i tashuvchi avtosisternadan saqlash rezervuariga benzin quyish jarayonida yuzaga kelgani ma’lum qilindi.

 

Xabar kelib tushishi bilan 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni 19:56 da qurshab oldi hamda 20:06 da to‘liq o‘chirdi.

 

Yong‘in oqibatida mobilsisternada 3 tonna benzin yonib zararlangan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar qayd etilmadi.

 

Yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика