1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Urush boshlanishiga sabab bo‘luvchi tashrif amalga oshirildi

Nensi Pelosi Tayvanda.

Urush boshlanishiga sabab bo‘luvchi tashrif amalga oshirildi

 

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Xitoyning barcha ogohlantirishlariga qaramay Tayvanga uchib keldi. Orolda u deputatlar va qisman tan olingan respublika prezidenti bilan uchrashadi. Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri Xitoyda inson huquqlarining buzilishidir. Keyin siyosatchi Janubiy Koreya va Yaponiyaga yo‘l oladi.

 

Demokrat Pelosi Tayvanga tashrif buyurgan Vakillar palatasining tarixdagi ikkinchi spikeri bo‘ldi. Uning tashrifi tufayli Xitoy Liaoning va Shandong samolyot tashuvchi kemalarini dengizga tushirdi, amerikaliklar esa mintaqaga o‘nlab qiruvchi samolyotlar yubordi. Bungacha Xitoy rahbari Si  Szinpin AQSH prezidenti Jo Baydenga “o‘t bilan o‘ynashmaslik”ni  aytgan edi.

 

2-avgust oqshomida namoyishchilar Taypeydagi AQSH assotsiatsiyasi binosi oldida to‘planishdi. Namoyishchilar orol hukumatini Vashington manfaatlariga xizmat qilishda ayblamoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика