1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Urush pandemiyadan battar — XVF rahbari

Rossiyada chuqur inqiroz bo‘lishi taxmin qilindi.

Urush pandemiyadan battar — XVF rahbari

 

Rossiyaning Ukrainga hujumi butun sayyora aholisi farovonligiga zarba beradi. Bu haqda Xalqaro valyuta fondi rahbari Kristalina Georgiyeva maʼlum qildi.

 

"Biz Pandemiyada misli ko‘rilmagan mnqirozni boshdan kechirdik. Hozir esa undanda shok holatdamiz. Tasavvur qilib bo‘lmas voqea — Yevropada urush sodir bo‘ldi", — degan u.

 

U inqiroz eng avvalo Rossiyani qamrab olishidan ogohlantirgan. Georgiyeva Rossiyani chuqur inqiroz kutayotganini, shundan ketsin jahon iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini taxmin qilgan.

 

Shuningdek, XVF rahbari Moskvani defolt xavfi kutayotganini ham maʼlum qilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 24 fevral kuni Rossiya Ukrainada maxsus operatsiya boshladi. Bunga qarshi AQSH va uning ittifoqchilari Moskvaga nisbatan sankisyalar joris etdi. Xususan, Rossiya banklari SWIFT tizimidan uzib qo‘yildi. Ayrim davlat banklarining qator G‘arb davlatlaridagi faoliyati taqiqlandi. Shuningdek, Moskvaga yuqori texnologiyalar sotish to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin sanksiyalarga qaramay, muammoga yechim topishga vaʼda bergani to‘g‘risida xabar qilingandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика