1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Uy-joy oldi-sotdisida qonunbuzarliklar aniqlanmoqda

Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni uy-joy shartnomalaridagi huquqbuzarliklardan ogohlantirdi.

Uy-joy oldi-sotdisida qonunbuzarliklar aniqlanmoqda

Raqobat qo‘mitasiga joriy yilning sakkiz oyi davomida ko‘p qavatli uy-joy qurilishi va xonadon xaridi bo‘yicha qariyb mingga yaqin murojaat kelib tushdi. Arizalarda asosan qurilish tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlariga amal qilmaslik, loyihalarda va reklama ma’lumotlarida ko‘rsatilgan va’dalarga rioya qilinmaslik, uylarning belgilangan muddatlarda topshirilmasligi kabi muammolar qayd etilgan.

 

O‘rganish jarayonida ayrim kompaniyalar shartnomalarga amaldagi qonunchilikka zid bandlarni kiritayotgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, ayrim hujjatlarda “iste’molchi shartnomani o‘z tashabbusi bilan bekor qilgan taqdirda, u to‘lagan mablag‘ning 10 foizi jarima sifatida ushlab qolinadi” degan shartlar uchramoqda.

 

Qonunchilikka muvofiq, bunday talablar asossiz hisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 385-moddasida, shartnoma bekor qilinganda faqat real zarar qoplash mumkinligi belgilangan. Amalda esa, qurilish kompaniyalari odatda zarar ko‘rmaydi, chunki uy-joylar bozorda yuqori talabga ega va boshqa xaridorlarga tezda sotilishi mumkin.

 

Shu bois, iste’molchilar shartnomani imzolashdan oldin uning barcha bandlarini diqqat bilan ko‘rib chiqishi, zarur bo‘lsa yuridik mutaxassis xizmatidan foydalanishi lozim. Agar hujjatda qonunga zid yoki iste’molchi huquqlarini cheklovchi shartlar mavjud bo‘lsa, ular haqiqiy emas deb topiladi va sud yoki vakolatli idoralarga murojaat qilish mumkin.

 

Raqobat qo‘mitasi olib borgan ishlar natijasida ayrim qurilish tashkilotlari bilan tuzilgan 8 ta shartnoma bekor qilindi. Fuqarolardan noqonuniy ravishda ushlab qolinishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar qaytarilib, jismoniy shaxslarga jami 1,5 milliard so‘mdan ortiq pulni undirish ta’minlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика