
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Maʼlum bo‘lishicha, Samarqand shahrida fuqaro N.A. tanishi R.ning ishonchiga kirib, unga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga beriladigan uylardan biri olib berishni vaʼda qilgan. U o‘zining tanishlari borlini aytib, R.dan 20 000 AQSH dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 10 ming dollar evaziga uy-joy qurish uchun yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


