Mashhur aktrisa Ketrin O’Xara 71 yoshida hayotdan vafot etdi. Bu haqda uning menejeri Variety nashriga ma’lum qildi deb xabar beradi RBC nashri. Aktrisa 30-yanvar kuni Los-Anjelesdagi uyida qisqa muddatli kasallikdan so‘ng vafot etgan.
Ketrin O’Xara kino muxlislari orasida ayniqsa “Uyda yolg‘iz” (Home Alone) va “Uyda yolg‘iz 2: Nyu-Yorkda yo‘qolgan” filmlarida Kevinning onasi — Keyt Makkallister obrazi orqali tanilgan. Shuningdek, u Kanadaning mashhur “Schitt’s Creek” serialida Moira Rose rolini ijro etib, katta e’tirofga sazovor bo‘lgan.
Aktrisa o‘z ijodiy faoliyatini 1970-yillarda Torontodagi “Second City” komediya truppasida boshlagan. U ilk Emmy mukofotini “Second City Television” sketch-shousidagi ishtiroki uchun qo‘lga kiritgan.
Ketrin O’Xaraning mashhur filmlari qatorida “After Hours”, Tim Burtonning “Beetlejuice” kartinasi, shuningdek Kristofer Gest bilan hamkorlikda suratga olingan bir qator komedik loyihalar bor.
60 yoshdan so‘ng “Schitt’s Creek” serialidagi roli bilan aktrisa ijodiy faoliyatida yangi bosqichni boshlab, ikkinchi Emmy mukofotiga sazovor bo‘lgan. U, shuningdek, HBO telekanalining “The Last of Us” loyihasi hamda Apple Studios filmlarida ham ishtirok etgan.
Ketrin O’Xara o‘zining o‘ziga xos aktyorlik uslubi, kuchli xarakterli rollari va nozik hazil orqali boyitilgan obrazlari bilan kino tarixida yorqin iz qoldirdi.


