1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“UzAuto Motor” eng yaxshi xodimlarini taqdirladi

Shuningdek, ishchilarning oila a’zolari uchun kompaniyaga sayohat uyushtirildi.

“UzAuto Motor” eng yaxshi xodimlarini taqdirladi

 

“UzAuto Motors” Aksiyadorlik jamiyati kadrlar malakasini oshirish va rag‘batlantirishga alohida e’tibor berib keladi. Har oy kompaniya tomonidan bo‘linmaning eng yaxshi xodimini aniqlanadi va g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Xodimlarga yanada ko‘proq motivasiya berish maqsadida kadrlar bo‘limi tashabbusi bilan kompaniya rahbariyati shu oydan boshlab ularning ota-onalari va oila a’zolarini taqdirlash marosimiga taklif qilishga qaror qabul qildi. 

 

Aprel oyining eng yaxshi xodimlarini taqdirlash marosimi ularning ota-onalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ishlab chiqarish va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha boshqaruvchi direktor Iqbol Jo‘rayev o‘zining nutqida kompaniyaning eng yaxshi xodimlarining oila a’zolari bilan uchrashganidan g‘oyat mamnun ekanligini ta’kidladi.

 

Kasaba uyushmasi raisi O‘ktam Mirzayev esa o‘z so‘zida bunday farzandlarni voyaga yetkazgan ota-onalarga minnatdorchilik bildirdi. Kadrlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Muzaffar Shermatov ularga shaxsiy va professional o‘sishni tiladi. Xodimlar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

 

Taqdirlash marosimining so‘nggida ota-onalar uchun zavodga sayohat tashkil etildi. Ular farzandlari mehnat qilayotgan korxonadagi mehnat faoliyati va ishlab chiqarish sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика