1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

UzAuto Motors endi Ozarbayjonga keldi

Joriy yilning 28-dekabrida UzAuto Motors‘ning Hajigabul (Ozarbayjon) shahridagi ishlab chiqarish liniyasi rivojlantirishning ikkinchi bosqichiga o‘tdi.

UzAuto Motors endi Ozarbayjonga keldi

 

Bu haqida kompaniya o‘z vep-saytida xabar tarqatdi.

 

Unda aytilishicha, mazkur zavodda "Chevrolet Damas", "Labo", "Lacetti", "Tracker" va "Malibu" avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yildi.

 

“Ishlab chiqarish “Azermash CP” MCHJ QK zavodining ishlab chiqarish quvvatlarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda joriy yilning sentyabr oyidan buyon "Chevrolet Nexia" va "Cobalt" avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Barcha mahsulotlar General Motors (AQSH) tomonidan o‘rnatilgan jahon standartlariga muvofiq ishlab chiqariladi”, — deb yozilgan xabarda.

 

UzAuto Motors Ozarbayjonda anchagina katta istiqbollarni ko‘zlamoqda. Kompaniyaning maʼlum qilishicha, ushbu yo‘nalishdagi keyingi qadam Ozarbayjondagi Chevrolet avtomobillari portfoliosini yangi perspektiv avtomobil modellari bilan to‘ldirishdir. Bundan tashqari, kelgusi yillarda ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich oshirish ham loyihaga kiritilgan bo‘lib, 2022-yil oxiriga kelib, yiliga kamida 5000 ta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga erishish rejalashtirilgan.

 

Maʼlumot uchun, Hajigabul sanoat kvartali tarkibiga kiruvchi “Azermash CP” Boku shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, u “AVTOSANOAT INVEST” MCHJ (O‘zbekiston) va “STA INSAAT” MCHJ (Ozarbayjon) tomonidan tashkil etilgan qo‘shma kompaniya hisoblanadi.

 

Mazkur loyihalar 2021 yil 21 iyulda ikki davlat tahkilotlari tomonidan imzolangan kelishuv asosida amalga oshirilmoqda.

 

“Qardosh davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi 2019 yil oktyabr oyida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bakudagi rasmiy tashrifi vaqtida Turkiy kengashning sammiti doirasida eʼlon qilingan”, — deyiladi xabarda.

 

Avvalroq UzAuto Motors deputat Rasul Kusherbayevning tanqidiga javob qaytargani hamda Yevropa avtobozorlarida savdo ko‘lami pasaygani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика