1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"UzAvto Motors" yangi shartnoma qilgan mijozning uyiga xabarnoma yuborishni yo‘lga qo‘ydi

Xabarnomada avtomobilni aynan qaysi kuni olib ketish aniq belgilangan.

"UzAvto Motors" yangi shartnoma qilgan mijozning uyiga xabarnoma  yuborishni yo‘lga qo‘ydi

 

Xabaringiz bor, joriy yilning 14-fevral kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida mashinasozlik sanoatidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda “UzAvto Motors” AJga bir qator topshiriqlar berildi. Xususan, 1 mayga qadar avtomobil sotib olishdagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgandi. Mazkur toshiriqning ijrosini taʼminlash maqsadida kompaniya tomonidan shartnoma tuzgan har bir mijoz uyiga alohida xabarnoma yuborilmoqda.

 

Аzamat Ubaydullayev, "UzAvto Motors" AJ Dillerlik korxonalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i:

— Shu vaqtga qadar avtomobillar yetkazib berish shartnomalarida ularni olib ketish vaqti, yaʼni oy va yili ko‘rsatilib, aniq sanasi berilmas edi. Davlatimiz rahbari tomonidan taqsimlangan vazifalardan so‘ng kompaniya tomonidan mijozlarga manzilli yozma xabarnomalar yuborish yo‘lga qo‘yildi. Endilikda mijozlarimiz avtomobilni qachon olib ketish sanasini aniq biladi.

 

Kampaniyaning maʼlum qilishicha, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha respublikaning eng uzoq hududlariga ham manzilli xabarnomalar to‘liq yetkazilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика