1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Uzbekistan airways 12 ta yangi samolyot sotib oladi

Bu bo‘yicha Airbus bilan shartnoma imzolangan.

Uzbekistan airways 12 ta yangi samolyot sotib oladi

 

Uzbekistan airways Airbus bilan 12 ta havo kemasini xarid qilish uchun shartnoma imzoladi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy saytida maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, Airbus aviaqurilish kompaniyasi bilan A320neo oilasiga tegishli sakkizta A320neo va to‘rtta A321neo havo kemasini xarid qilish uchun shartnoma tuzilgan. Yangi avialaynerlar aviakompaniyaning bugungi kunda 17 ta Airbus A320 oilasiga tegishli havo kemalaridan iborat aviaparkiga kelib qo‘shiladi. Yangi shartnoma doirasida dvigatellarni tanlash keyinchalik aviakompaniya tomonidan buyurtma qilinadi.

 

Yangi havo kemalari Airbus Airspace saloniga ega bo‘lib, u yo‘lovchilarga havo transporti bozorida yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi. Uzbekistan airways aviakompaniyasi yangi havo kemalaridan yo‘nalishlar tarmog‘ini yana-da kengaytirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda. 

 

“Airbus bilan imzolangan shartnoma aviakompaniya parkini modernizatsiya qilish strategiyamizning yangi bosqichi bo‘lib, yo‘lovchilarga eng zamonaviy va qulay havo kemalarini taklif qilishni davom ettirishga imkon beradi. Shu bilan birga, A320neo oilasining ushbu havo kemalari bizga Markaziy Osiyo mintaqasidagi mavqeyimizni yana-da yaxshilashga va mintaqa ichida ham, undan tashqarida ham parvozlar xaritasini sezilarli darajada kengaytirishga yordam beradi”, – deydi “Uzbekistan airways” AJ Boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov.

 

A320neo oilasi yonilg‘i tejamkorligi CO2 (karbonat angidrid) chiqindilarining kamida 20 foizini taʼminlaydigan yangi avlod dvigatellari va Sharklets kabi eng so‘nggi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика