Kompaniyaning maʼlum qilishicha, Andijon - Samarqand - Andijon yo‘nalishi bo‘yicha HY049/HY050 reyslari noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilindi.
HY091/HY092 Toshkent - Andijon - Toshkent reysi o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi, Andijon aeroportiga yetib kelish soat 14:00.
Qaytish reysi mahalliy vaqt bilan soat 16:20 ga belgilangan.
HY9605 Samarqand – Moskva, HY639 Samarqand – Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi reyslari ob-havo sharoiti tufayli soat 15:00 ga qoldirildi.
Shuningdek, Flydubai aviakompaniyasining Samarqand-Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ770 reysi esa soat 19:00 ga ko‘chirildi.
Hozirda Samarqand aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagini tozalash ishlari munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish/jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.


