1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Uzbekistan Airways" Qora dengiz bo‘ylab amalga oshirilgan parvoz yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

Ushbu yo‘nalishdagi parvozlarni cheklovchi aeronavigatsiya maʼlumotlari bo‘lmagan.

"Uzbekistan Airways" Qora dengiz bo‘ylab amalga oshirilgan parvoz yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

 

Joriy yilning 19-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda HY-271 Toshkent – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha Qora dengiz ustidagi ayni vaqtda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan havo maydonidan amalga oshirilgan parvoz haqida xabarlar tarqaldi. "Uzbekistan Airways” AJ tarqalgan mazkur xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, har bir reysning parvoz yo‘nalishi uni amalga oshiradigan aviakompaniya tomonidan ob-havo va barcha davlatlarning havo maydonidagi vaziyatni batafsil tahlil qilish asosida tanlanadi va xavotirga aslo o‘rin yo‘q.

 

 

19-fevral kungi parvoz uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida hamda xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda, HY-271 qatnovini O‘zbekiston, Qozog‘iston, Kaspiy dengizi, Rossiya Federatsiyasi, Shimoliy Kavkaz, Qora dengiz va Turkiya orqali o‘tadigan marshrut bo‘yicha amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

"Qora dengiz ustidagi havo maydoni parvozlar uchun to‘liq ochiq va xavfsiz edi", — deyiladi xabarda. 

 

Ayni shu hududda va shu vaqtda "Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Boeing 757 samolyoti yaqinida Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Iroq va boshqa mamlakatlardagi bir qator aviatashuvchilarning samolyotlari ham o‘z parvozini amalga oshirgani aytiladi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, har bir aviakompaniya aviaqatnovlarning parvoz yo‘nalishini belgilangan xavfsizlik talablari asosida, barcha davlatlarning havo maydonidagi vaziyatni batafsil tahlil qilish orqali tanlaydi. Mobodo, maʼlum bir cheklovlar mavjud bo‘lsa, aviakompaniya ekipaji ushbu hududni chetlab o‘tish uchun muqobil yo‘nalishlarni tahlil qilib chiqib, bu borada yakuniy qaror qabul qiladi.

 

Havo kemasida bo‘lgan 155 nafar yo‘lovchining hayotiga hech qanday xavf yuzaga kelmagani, parvoz qatʼiy belgilangan jadval asosida, xalqaro havo transporti standartlariga to‘la rioya qilqingan holda amalga oshirilgani maʼlum qilindi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Toshkent — Urganch — Toshkent" yo‘nalishida parvoz vaqti o‘zgargani  hamda "Uzbekistan Airways" Toshkent – London aviaqatnovini tiklagani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика