1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Uzbekistan Airways" yo‘lovchilardan aeroportga kechikmaslikni so‘radi

AJ: yo‘lovchilar rejadagi vaqtdan 2 soat oldin yo‘lga chiqishlari kerak.

"Uzbekistan Airways" yo‘lovchilardan aeroportga kechikmaslikni so‘radi

 

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketadigan yo‘lovchilardan kechikmaslikni so‘ramoqda. Bu haqda kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Rimma Kuzmina maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, poytaxt aeroportiga olib boradigan yo‘llar va yo‘l o‘tkazgichlarida qurilish va taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

 

Tirbandliklarni hisobga olgan holda Toshkent shahar aeroportining xalqaro va respublika ichidagi terminallaridan rejalashtirilgan qatnovlarga ro‘yxatdan o‘tishga kechikmaslik uchun aeroportga yetib kelishni oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.

 

"Yo‘lovchilarda kechikish ehtimoli katta. Ular rejadagi vaqtdan 2 soat oldin yo‘lga chiqishlari kerak", — dedi Kuzmina.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика