Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga chegirma eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, 1-sentabrdan 3-sentabrgacha barcha mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha tariflarga 50% chegirma taqdim etiladi. Chegirma Let L-410 havo kemalarida amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qilmaydi.


