Prezidentning 15-iyunda tabiiy gaz bozorini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida imzolangan qaroriga ko‘ra, tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “UzGasTrade” AJ tashkil etilmoqda.
Hozirda bu vazifani “O‘ztransgaz” AJ bajarmoqda. “UzGasTrade” AJ gazni tashish, saqlash va tranzit qilishga ixtisoslashgan magistral gaz transporti tizimining yagona operatori bo‘ladi.
Qaror bilan 2022-yil 1-avgustdan boshlab “UzGasTrade”:
➖ tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish;
➖ “Hududgaztaʼminot” AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish, shu jumladan prezident qarorlarida ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari yagona eksport qiluvchi funksiyalarini bajaradi.


