1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Vagner" Rostovdagi harbiy obyektlar ustidan nazorat o‘rnatdi

“Vagner” rahbari Prigojin Rostov shahrini bloklab, Moskvagacha bormoqchiligni maʼlum qilgan. Shuningdek, Putin yaqin bir necha soat ichida rossiyaliklarga murojaat qilishi kutilmoqda

"Vagner" Rostovdagi harbiy obyektlar ustidan nazorat o‘rnatdi

 

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Rostovdagi barcha harbiy obyektlarni, shu jumladan aerodrom va Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasi XHK tomonidan nazoratga olinganini maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bosh shtab boshlig‘i vagnerchilar shtab-kvartira binosiga yaqinlashayotganini bilgach, bu yerdan qochib ketgan. Shuningdek, Prigojin janubiy harbiy okrugi bosh qarorgohida harbiylar qurshovida mudofaa vazirining o‘rinbosari Yunus-Bek Yevkurov va bir kun avval “Vagner”ni to‘xtashga chaqirgan general Vladimir Alekseyevlar bilan muloqot qildi.

 

"Biz bu yerga keldik. Sababi Bosh shtab boshlig‘i Gerasimov va Shoyguni qo‘lga kiritmoqchimiz. Ular yo‘qolguncha biz shu yerdamiz, Rostov shahrini bloklab, Moskvaga ketyapmiz", - dedi Prigojin.

 

Moskvada aksilterror tadbirlari olib borilmoqda, Moskva meri Sergey Sobyanin maʼlum qilishicha, yo‘llarda qo‘shimcha nazorat joriy qilingan, shuningdek, ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi cheklanishi mumkin. Moskva viloyatida ham xuddi Moskvadagi kabi xavfsizlik choralari kuchaytirildi, ayni paytda "antiterror tadbirlari" olib borilmoqda. Ayni paytda Rostov va Voronej viloyatlarida barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

 

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik kuchlari Sankt-Peterburgda joylashgan “Vagner” binosida tintuv o‘tkazayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda.

 

Shuningdek, "RIA Novosti"ning xabar berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin soatlar ichida rossiyaliklarga murojaat qilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика