Britaniya harbiy razvekasi har kunlik eʼlon qilib boradigan kundalik hisobotinining bu galgi soni Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealarga bag‘ishladi. Boshqarmaning kundalik xulosasida aytilishicha, “Vagner” jangchilari Moskvaga yetib boradi.
Britaniya harbiylariga ko‘ra, “Vagner” jangchilari hozrda Ukrainadan to‘liq chiqib ketgan va Rossiyadagi muhim obʼektlarni, jumladan, Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini o‘z nazoratiga olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Shuningdek, Britaniya Mudofaa vazirligining hisobotida aytilishicha, “Vagner” kuchlari allaqachon Voronej viloyati hududida joylashgan bo‘lib, u yerdan yollanma askarlar Moskvaga kirib boradilar. Agentlikning taʼkidlashicha, Rossiya harbiylari va boshqa huquq-tartibot idoralari yollanma askarlarga deyarli qarshilik ko‘rsatmaydi.
"Yaqin soatlarda Rossiya xavfsizlik kuchlarining sodiqligi inqiroz rivojlanishining kaliti bo‘ladi. Bu so‘nggi paytlarda Rossiya davlati uchun eng jiddiy chaqiriq", — deya xulosa qildi Britaniya Mudofaa vazirligi.


