1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Vallomati bo‘lsa ham o‘qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo‘q”

Komil Allamjonov Toshkentga o‘qituvchi kaltaklanganiga munosabat bildirdi.

“Vallomati bo‘lsa ham o‘qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo‘q”

 

Avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi o‘quvchining yaqinlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgandi.

 

Holatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov munosabat bildirib, o‘zining telegram-kanalida post joyladi.

 

“Informatika fani o‘qituvchisini kaltaklashda ishtirok etgan kimki bo‘lsa, ularning barchasi qonunda belgilangan tartibda qattiq jazolanadi. Bu bo‘yicha huquq-tartibot organlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi. Vallomati bo‘lsa ham o‘qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo‘q”, — deb yozilgan postda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика