1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Vaqt tugab bormoqda”: AQSH keyingi 48 soat ichida Eronga zarba berishi mumkin

AQSH prezidenti Eronga nisbatan keskin ogohlantirish berdi

“Vaqt tugab bormoqda”: AQSH keyingi 48 soat ichida Eronga zarba berishi mumkin

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarga rozi bo‘lmagan taqdirda, Tehronga qarshi harbiy zarbalar berilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

 

“Umid qilamanki, Eron tez orada muzokaralar stoliga keladi va barcha tomonlar uchun adolatli, teng huquqli hamda yadroviy qurolsiz kelishuv bo‘yicha muloqot boshlaydi. Vaqt tugab bormoqda”, — dedi Tramp.

 

OAV xabarlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Eronga qarshi turli harbiy ssenariylarni muhokama qilmoqda. Jumladan, yadroviy obyektlar, harbiy va hukumat infratuzilmasiga zarbalar berish ehtimoli ko‘rib chiqilmoqda. Biroq Vashington hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan.

 

The New York Times nashrining manbalariga ko‘ra, AQSh keyingi 48 soat ichida Eronga zarba berishi mumkin. CNN esa AQSh mintaqada yirik dengiz va havo kuchlarini jamlaganini bosim elementi sifatida baholamoqda.

 

Eron rasmiylari muzokaralarga ochiq ekanliklarini bildirgan, biroq har qanday hujumga qat’iy va keskin javob qaytarilishi haqida ogohlantirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика