1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Vashington Eronni kuzatib turish maqsadida yirik dronlar bo‘linmasini tuzmoqchi

Ushbu amaliyotga Saudiya Arabistoni va Isroil ham jalb qilinishi mumkin.

Vashington Eronni kuzatib turish maqsadida yirik dronlar bo‘linmasini tuzmoqchi

 

AQSH Yaqin Sharqdagi hamkorlari bilan Eronni tiyib turish maqsadida dengiz va havo dronlari guruhini tuzmoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi

 

Nashrga ko‘ra, hozircha bu loyihaning ko‘lami va dronlardan foydalanish metodlari haqida maʼlumotlar ochiqlanmayapti. Ammo Vashington keyingi yil 100 ga yaqin razvedka dronlar bilan Suvayshdan turib Eron sohillarini kuzatishga umid qilyapti. Loyiha olti oydan buyon ishlab chiqilmoqda. Unda Saudiya Arabistoni va Isroil ham ishtirok etishi mumkin.

 

"Fikrimcha, biz uchuvchisiz texnologiyalar inqilobi ostonasida turibmiz", — degan AQSH floti kapitani Maykl Brasser.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, qurilmalarga hech qanday qurol o‘rnatilmaydi. Qo‘shma Shtatlar kelajakda ushbu tajribadan dunyoning boshqa chekkalarida ham foydalanmoqchi.

 

Avvalroq Pentagon Suriyada Eron bilan bog‘liq guruhlarga hujum qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика