1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Vashington Moskva bilan muhim yo‘nalishda muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Bu tashabbus Jozef Bayden tomonidan ilgari surilgandi.

Vashington Moskva bilan muhim yo‘nalishda muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

 

AQSH Rossiya bilan strategik hujumkor qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnomani ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda davlat kotibi o‘rinbosari Bonni Jenkins maʼlum qildi

 

"Biz, ikki eng yirik yadro davlatlari, yadro qurollarini qisqartish bo‘yicha natijaga erishgandik. Bu bir necha yillik mehnat natijasi edi. Yangi kelishuvdan umidvormiz. Amaldagi shartnoma 2026 yilda tugaydi. Biz muzokaralar stoliga qaytishni va Rossiya bilan muloqot boshlashni istaymiz", — degan diplomat.

 

Shu bilan birga muzokaralar stoliga qaytish Moskvaning bu yo‘nalishdagi xohishiga bog‘liq ekanligi taʼkidlangan.

 

Dushanba kuni Jozef Bayden Vashingtonning Moskva bilan strategik hujumkor qurollarni qisqartirish bo‘yicha muzokaralarga qaytishga tayyorligini bildirdi.

 

Avvalroq G‘arb Rossiyaga qarshi ayrim sanksiyalarni yumshatgani maʼlum bo‘lgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика