1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Vashingtondagi Afg‘oniston elchixonasi yopildi

Bunga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi.

Vashingtondagi Afg‘oniston elchixonasi yopildi

 

Afg‘onistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-York hamda Los-Anjelesdagi konsulligi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Pajhwok xabar berdi.

 

Diplomatik vakolatxonalar yopilishiga moliyaviy manbalarning ajratilmagani sabab bo‘lgan. AQSH administratsiyasi tomonidan elchixona bank hisob raqamlarining muzlatib qo‘yilishi moliyaviy qiyinchiliklarga sabab bo‘lgan.

 

Afg‘on diplomatlari AQSH davlat departamentiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Shuningdek, Vena konvetsiyasiga asosan hukumatga diplomatik missiya binolarini saqlash taklif qilingan.

 

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, diplomatik faoliyat 16-mart kuni to‘xtatilgani aytilgan.

 

Avvalroq Jahon bankining Afg‘onistonga oid maxsus hisoboti eʼlon qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика