Oqibatda, yuzga yaqin uy vayron bo‘lgan, vayronalar ostida yana odamlar borligi aytilmoqda.
Afg‘oniston sharqida chorshanba kuni tongda yuz bergan kuchli zilzilada kamida 300 ga yaqin odam halok bo‘lgan. 6 magnitudali zilzila Paktika viloyatida qayd etilgan. Mahalliy Baxtar axborot agentligi qurbonlar soni haqida xabar berib, qutqaruvchilar vertolyotda yetib kelganini aytdi.
Mamlakatdagi Qizil Xoch xodimlari yordam berish uchun hududga safarbar etilgan.


