1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Vazirlik va idoralarda hujjat aylanishining yagona tizimi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Vazirlik va idoralarda hujjat aylanishining yagona tizimi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali raqamli xizmatlar va servislar ko‘rsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi hisoblanadi.

 

Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish bosqichlari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi.

 

2023 yil 1 dekabrgacha fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil foydalanishlari uchun davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 Ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi.

 

2024 yil 1 yanvargacha raqamli xizmat va servislar, elektron to‘lovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy taʼminot shakli joriy etiladi.

 

2023 yil 1 sentyabrdan ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari «edo.ijro.uz» tizimiga o‘tkaziladi.

 

2024 yil 1 maydan ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo‘linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar «edo.ijro.uz» tizimiga to‘liq o‘tkaziladi.

 

2023 yil 1 avgustdan davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

 

Shuningdek, 2023 yilda mobil internet foydalanuvchilari sonini oshirish choralari ko‘riladi. Bunda ular sonini 31,5 million nafarga yetkazish nazarda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика