1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. “Vaziyatni shaxsan o‘z nazoratimga oldim”—vazir

16:03 / 03.08.2023

808

“Vaziyatni shaxsan o‘z nazoratimga oldim”—vazir

“Vaziyatni shaxsan o‘z nazoratimga oldim”—vazir

Hilola Umarova hokim bilan maktab direktori o‘rtasidagi nizoli holatga munosabat bildirdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan 28-maktab direktori o‘rtasida janjalli vaziyat aks etgan video tarqaldi.

 

Holatga Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova munosabat bildirib, ushbu vaziyatni shaxsan o‘z nazoratiga olganini maʼlum qilgan.

 

Taʼkidlanishicha, maktab direktori ayni damda maʼmuriy qamoq jazosidan ozod etilgan.

 

“Shu o‘rinda taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs o‘z muomala madaniyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tmoqchiman”, — deydi vazir.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика