1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Venesuelada kuchli suv toshqinlari tufayli favqulodda holat eʼlon qilindi

Ofat hozirgacha 20 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan. Toshqinlarga mamlakatning g‘arbiy va janubiy qismlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi sabab bo‘lgan.

Venesuelada kuchli suv toshqinlari tufayli favqulodda holat eʼlon qilindi

 

 

"Men Apure, Bolivar, Yaracuy va Merida shtatlarida tabiiy ofatlar tufayli 90 kunlik favqulodda holat to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdim", deydi mamlakat Prezidenti Nikolas Maduro.

 

Favqulodda holat tabiiy ofat oqibatlariga qarshi kurashishda  moddiy jihatdan imkon berishi aytilmoqda. Ofat natijasida o‘nlab binolar vayron bo‘lgan, 1,2 mingdan ortiq turar-joy binolari jiddiy shikastlangan. Ayrim hududlarda elektr energiyasi va uyali aloqa bilan bog‘liq muammolar mavjud.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика