1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Venesuelada siyosiy mahbuslarni qamoqxonalardan ozod etish boshlandi — OAV

Ular orasida prezidentlikka sobiq nomzod ham bor.

Venesuelada siyosiy mahbuslarni qamoqxonalardan ozod etish boshlandi — OAV

 

 

Venesuelada siyosiy sabablar bilan hibsga olingan shaxslarni qamoqxonalardan ozod etish jarayoni boshlandi. Bu haqda mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari hamda huquq himoyachilari ma’lum qilmoqda, deb yozadi the Guardian nashri.

 

Foro Penal huquqni himoya qilish tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, ilk ozod etilganlar orasida muxolifat yetakchilaridan biri, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori Mariya Korina Machado jamoasidan bo‘lgan sobiq prezidentlikka nomzod Biagio Pilieri bor. Shuningdek, 2024-yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzod sifatida qatnashgan muxolif siyosatchi Enrike Markes ham qamoqdan chiqarilgan.

 

Bundan tashqari, Venesuela hukumati bir qator xorijiy fuqarolarni ham ozod qilgan. Jumladan, Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi besh nafar ispan fuqarosi, ular orasida huquq himoyachisi, ispan-venesuelalik advokat Rosio San-Migel ham borligini tasdiqladi. Ular Karakasdagi Ispaniya elchixonasi ko‘magida mamlakatni tark etishga tayyorlanayotgani aytilmoqda.

 

Venesuela Milliy assambleyasi rahbari Xorxe Rodriges bu qarorni “respublikada tinchlik va totuvlikni mustahkamlash yo‘lidagi bir tomonlama qadam” deb atadi. Muxolifat yetakchisi Mariya Korina Machado esa ozodliklar “adolatsizlik abadiy emasligini yana bir bor isbotlagan muhim signal” ekanini ta’kidladi.

 

Huquq faollari ehtiyotkorlik bilan optimistik munosabat bildirmoqda. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda hanuz 800 nafardan ortiq siyosiy mahbus qolmoqda. Tashkilotlar barcha mahbuslar to‘liq va shartsiz ozod etilishini talab qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика