1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Vengriyada O‘zbekiston elchixonasi ochildi

Bu haqda TIV maʼlum qildi.

Vengriyada O‘zbekiston elchixonasi ochildi

 

TIV matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Vengriya poytaxti Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochildi.

 

"Endilikda Vengriya poytaxtida O‘zbekiston Davlat bayrog‘i 🇺🇿doimiy hilpirab turadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Budapesht shahrida O‘zbekiston Elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikning tarixiy voqeasidir", — deyiladi xabarda.

 

Elchixona ochilish marosimida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Vengriya tashqi ishlar vaziri Pyotr Siyyartolar ishtirok etdi.

 

Maʼlumot uchun, Vengriya Yevropada joylashgan bo‘lsa-da, o‘z kelib chiqishini turkiy xalqlardan deb biladigan davlatdir. Vengriya Turkiy davlatlar tashkilotining doimiy aʼzosi, barcha turkiy tilli davlatlar, jumladan O‘zbekiston bilan ham iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga intilayotgan davlatdir.

 

Bugungi siyosiy maydonda ham Vengriya o‘zining mustaqil va pragmatik pozitsiyasini ishonch bilan saqlab qolmoqda: Vengriya Ukrainaga qurol yetkazib bermaslik, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish va Rossiya hamda YEI o‘rtasida sog‘lom iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish tarafdori.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика