1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Vinisius ketma-ket ikkinchi yil Lotin Amerikasida eng yaxshi futbolchi bo'ldi

U o'tgan mavsumda bir qator sovrinlarni qo'lga kiritdi.

Vinisius ketma-ket ikkinchi yil Lotin Amerikasida eng yaxshi futbolchi bo'ldi

 

"Real Madrid" hujumchisi Vinisius Junior ketma-ket ikkinchi marta Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda 23 ta gol urdi va jamoasiga Ispaniya kubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozonishga yordam berdi.

 

“Bu sovrin men uchun juda muhim, chunki men har kuni eng yaxshi natija ko‘rsatish va jamoaga yordam berish uchun ishlayman. Klub menga individual sovrinlarni yutishimga yordam beradi va men ham jamoadoshlarimga rahmat aytishim kerak. Yana ko'proq sovrinlar yutish uchun xuddi shu ruhda davom etmoqchiman. Men ko'plab futbol afsonalari qatorida ushbu ro'yxatga kiritilganimdan faxrlanaman. Men bu mavsumda qilayotgan barcha ishlarimdan mamnunman va umid qilamanki, biz shunday davom etamiz va "Real Madrid" uchun sovrinlarni qo'lga kiritamiz", - dedi Vinisius taqdimot marosimida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика