1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Vinisiusga Saudiyadan jiddiy taklif bo‘lmoqda

U tarixdagi eng qimmat va eng ko‘p maosh oluvchi sportchiga aylanishi mumkin.

Vinisiusga Saudiyadan jiddiy taklif bo‘lmoqda

 

Saudiya klublari joriy transfer oynasida nisbatan faollik ko'rsatmadi. Eng qimmat xarid - 60 million yevroga "Aston Villa"dan Mussa Diabi bo'ldi. Lekin, hozirda saudiyaliklar aqldan ozgan transferni amalga oshirishga tayyor. Xabarlarda aytilishicha, Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi vakillari mamlakat sport vazirligi bilan hamkorlikda Vinisius Junior bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular "Real"ning braziliyalik vingeri uchun 1 milliard yevro to‘lashga tayyor.

 

"Atletik" nashri ehtimoliy kelishuv tafsilotlari haqida ma'lumot berdi. Qayd etilishicha, Vinisiusni “Al-Ahli” klubi sotib olmoqchi. Braziliyalik futbolchi bir oydan beri davom etayotgan muzokaralardan xabardor. Saudiya jamg‘armasi jarayonda ishtirok etayotgan tomonlarga, ham Vinisiusga, ham “Real Madrid”ga noqulaylik tug‘dirmaslikka harakat qilmoqda. Futbolchi klublar o'rtasida ijobiy qaror bo'lsa, "Al-Ahli"dan rasmiy taklif kutmoqda. "Real" vinger bilan xayrlashmoqchi emas, lekin uning shartnomasida tovon puli 1 milliard yevro (Vinisius "Real" bilan 2027-yilgacha yangi shartnoma imzolagan). Ma'lum qilinishicha, saudiyaliklar Vinisiusga 1 milliard yevro maosh + bonuslar bilan besh yillik shartnoma taklif qilmoqchi - tarixda bunday holat hali hech qachon kuzatilmagan.

 

Nega Saudiya Arabistoni bir futbolchi uchun shuncha pul sarflamoqchi? Hamma gap 2034-yilgi jahon chempionati uchun qilinayotgani aytilmoqda. Saudiya Arabistoni hali rasman musobaqaga mezbonlik qilish huquqini olmagan, biroq ariza bergan yagona davlat bo'lib turibdi. Demak, jahon chempionati Arabiston yarim orolida o‘tkazilishiga shubha yo‘q. Davlat jamg‘armasi esa Vinisiusni mamlakat elchisi va Saudiya Ligasining yuziga aylantirmoqchi.

 

Agar transfer amalga oshsa, braziliyalik tarixdagi eng qimmat va eng ko'p maosh oluvchi sportchiga aylanadi. Eslatib o'tamiz, futbol tarixidagi eng yirik xarid Neymarning 2017-yilda 222 million yevro evaziga "Barselona"dan "PSJ"ga o'tgani bo'lgan. Eng ko'p maosh oladigan futbolchi esa Krishtianu Ronaldu ("Al-Nasr"da yiliga 200 million yevro oladi).

 

Ammo, "The Athletic" nashrining yozishicha, Vinisius Saudiya Arabistonining dastlabki taklifini rad etgan. U "Real Madrid"da baxtli va "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni xohlaydi. Biroq, “Al-Ahli” tovon to‘lash bandini faollashtirsa, vaziyat o‘zgaradi. Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg'armasi Vinisiusning dastlabki rad javobiga qaramay, kelishuvni yanada faollashtirishi qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика