«Og‘ir va uzoq davom etgan kasallikdan keyin Vladimir Volfovich Jirinovskiy bu olamni tark etdi», — deya rasman ma’lum qildi Rosssiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.
Ma’lumot uchun: joriy yilning 25 mart kuni ham Jirinovskiy vafot etgani haaqida xabarlar tarqalgandi. Biroq keyinroq siyosatchining o‘limi tasdig‘ini topmadi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Jirinovskiy 2 fevral kuni koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan. O‘shandan beri ommaviy axborot vositalari uning ahvolining yomonlashuvi haqida ko‘plab norasmiy ma’lumotlarni chop etdi. Biroq LDPR matbuot xizmatida bunday ma’lumotlarning hammasi mish-mishlar deb ataldi va ularni rad etdi. Oxirgi marta 21 mart kuni LDPRda Vladimir Jirinovskiy shifokorlar rejasiga muvofiq davolanishni davom ettirayotganini, kasallikdan so‘ng reabilitasiya jarayoni biroz vaqt talab etishini aytgandi.


