1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Vladimir Norov nafaqaga chiqdi

O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vaziri nafaqaga chiqqanini maʼlum qildi.

Vladimir Norov nafaqaga chiqdi

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimlarida ishlagan Vladimir Norov nafaqaga chiqdi. Bu haqda u Twitterʼda xabar berdi.

 

Vladimir Norov davlat idoralari va xorijiy diplomatik missiyalardagi 45 yillik faoliyatidan so‘ng nafaqaga chiqishga qaror qilganini hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevga bu qarorini qo‘llab-quvvatlaganidan chin dildan minnatdorlik bildirgan.

 

"Men O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotiga investitsiyalar, innovatsion texnologiyalar va raqamli yangiliklarni jalb qilishda foydalanish niyatidaman. Shu sababli men Silk Road Advisory konsalting kompaniyasini tashkil qildim", — deb yozgan Norov.

 

Maʼlumot uchun, Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi  hamda O‘zbekiston TIV rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика