1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Vladimir Norov Yevropa Ittifoqi oliy vakili bilan uchrashdi

Muloqotda Yevropa tomoni O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Vladimir Norov Yevropa Ittifoqi oliy vakili bilan uchrashdi

 

 

Bugun, 6-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi delegasiya Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Josep Borrel bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Muloqotda O‘zbekiston-Yevropa hamkorligining dolzarb masalalari, ularni yanada faollashtirish va amaliy mazmun bilan boyitish masalalari muhokama qilingan.

 

Siyosiy, huquqiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, ayniqsa, ikki tomonlama va mintaqalararo hamkorlikning institusional mexanizmlaridan samarali foydalanish orqali o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etilgan.

 

Yevropa tomoni O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqada do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik muhitini shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

 

Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga puxta va sifatli tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Yevropa diplomatiyasi rahbari joriy yilning 17-18-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida, shuningdek, “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” o‘zaro bog‘liqlik: Barqaror rivojlanish uchun global darvoza” konferensiyasida shaxsan ishtirok etishga tayyorligini tasdiqlagan.

 

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakiliga O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuniga kiritilayotgan “Inson – jamiyat – davlat” asosiy tamoyili hamda “Inson sha’ni va qadri” g‘oyasini targ‘ib etishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarning mohiyati hamda mazmuni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, birinchi navbatda, Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgani, bunda inson huquq va qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy himoya va iqtisodiy farovonlik kafolatlari asosiy qonun darajasida mustahkamlanishi ta’kidlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика