Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 11 iyul kuni Shimoliy Atlantika alyansi sammiti boshlangan Vilnyusga yetib keldi. Bu haqda Litva va Ukraina OAVlari xabar berdi.
Ukraina rahbarining matbuot kotibi Sergey Nikiforov Zelenskiy Vilnyusga kelganini tasdiqladi. Ukraina prezidenti Rzeshov shahridan Polsha hukumati samolyotida yetib kelgan. OAV maʼlumotlariga ko‘ra, Zelenskiy soat 18:00da chiqish qilishi kutilmoqda.


