“Hurriyet” nashrining maʼlum qilishicha, Zelenskiy va Putin Erdog‘an inauguratsiyasidan keyin Turkiyaga tashrif buyurishadi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Turkiyaning qayta saylangan prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiyasidan so‘ng Vladimir Putin va Zelenskiy o‘z navbatida Anqaraga tashrif buyurishadi.
Manbalarda aytilishicha, avvaliga Putin Turkiyaga uchadi, keyin esa Zelenskiy tashrif buyuradi. Erdog‘an bilan muzokaralarning asosiy mavzulari Ukrainadagi urush va “don kelishuvi” bo‘lishi kutilmoqda.


