1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Vodiy viloyatlari vaqtincha elektr tarmog‘idan ajratildi

Bunga kuchli shamol sabab bo‘lgan.

Vodiy viloyatlari vaqtincha elektr tarmog‘idan ajratildi

Energetika vazirligining xabar berishicha, 24 metr/sekund tezlikda esayotgan kuchli shamol tufayli vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Shu sababli xavfsizlikni taʼminlash maqsadida Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi ayrim elektr tarmoqlari vaqtincha tarmoqdan ajratildi.

 

Buning natijasida bir nechta nasos stansiyalar, aholi hamda yuridik isteʼmolchilarning elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilyapti. Maʼlum qilinishicha, hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr taʼminoti qayta tiklanadi.

 

Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘ragan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика