1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Vodiyning ayrim hududlarida kuchli bulduruq hodisasi kuzatilmoqda

Bu hodisa kuz-qish mavsumlarida sovuq oqimning chekinishidan so‘ng, antisiklon pereferiyasi davrida yuzaga keladi.

Vodiyning ayrim hududlarida kuchli bulduruq hodisasi kuzatilmoqda

 

Bulduruq, bu yangi atama emas. Xalqimizda "bir bulduruq, uch qorga tatiydi", degan naql yuradi.

 

Antisiklon pereferiyasida havoda nisbiy namlikning o‘ta yuqoriligi (o‘ta qalin tuman), sezilar-sezilmas hududga xos shamollar hamda havo haroratining -5 darajadan past sovuq bo‘lgan paytda kuzatiladi. Bu paytda ko‘rinuvchanlik keskin cheklanib, havoda suv bug‘lari kristalizatsiyalashadi. Fizikada bu — sublimatsiya hodisasi deyiladi. Suv bug‘ining bug‘ holatdan qattiq holatga o‘tish jarayoni. Natijada, havoda kristalizatsiyalashgan zarrachalar yengil shamol kuchi taʼsirida daraxt shoxlari, simyog‘och va maysa ustiga yopishadi.

 

Bulduruqning vodiy viloyatlarida davom etishi 30-31 dekabr kunlari ham kuzatilishi mumkin. Antisiklon pereferiyasi butunlay chekingandan so‘ng, hodisa kuzatilmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика