Magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi doirasida 95 kilometr uzunlikdagi yangi «Yangiyer-Ohangaron» magistral gaz quvuri qurilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, obyekt qurilishi uchun 47 kilometrdan ortiq quvur olib kelingan va 6 kilometr qismi montaj qilingan. Yangi magistral gaz quvuri 2023 yilning uchinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur gaz quvuri ishga tushgach, vodiy viloyatlarining gaz taʼminoti yana-da yaxshilanishiga erishiladi.


