1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Voitovning hibsga olinishi bilan bog‘liq qo‘shimcha tafsilotlar maʼlum bo‘ldi

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri joriy yilning 13 dekabr kuni JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Unga doir ish 14 dekabr kuni, soat 00:10 da, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining yopiq sud majlisida ko‘rilgan.

Voitovning hibsga olinishi bilan bog‘liq qo‘shimcha tafsilotlar maʼlum bo‘ldi

 

Maʼlum qilinishicha, Aziz Voitov joriy yilning 13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-modda (Ushlab turish asoslari)si tartibida ushlangan. Unga doir ish 14 dekabr kuni, soat 00:10 da, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining yopiq sud majlisida ko‘rilgan. 

 

Sobiq vazir O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-modda (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)si 3-qismi “a” bandi va 205-modda ( Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish)si 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni qilganlikda gumonlanib ushlangan.

 

Bildirilishicha, Voitov mansab vakolatini suiisteʼmol qilgan holda 2022-2023 yillarda Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktoriga “zudlik bilan va muammosiz qarz ajratib berish to‘g‘risida” noqonuniy topshiriq bergan. Buning oqibatida esa “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror talabiga zid ravishda bir necha tadbirkorlik subyektlariga qarz mablag‘lari noqonuniy ajratilib, davlatning 9,8 mlrd so‘m mablag‘i rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilingan.

 

Aziz Voitov yuqoridagi holatlar yuzasidan joriy yilning 13 dekabr kuni 167-modda (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)si 3-qismi “a” bandi va 205-modda ( Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish)si 2-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

 

Bosh prokuror o‘rinbosari sudga iltimosnoma kiritib, gumon qilinuvchi A.Voitov tomonidan davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan juda ko‘p miqdordagi moddiy zarar qoplanmaganini, u ochiqda qolgan taqdirda dastlabki tergovdan yashirinishi, jinoiy harakatlarni davom ettirishi, guvohlarni ko‘ndirishi va dalillarni yo‘q qilishi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni so‘ragan.

 

Sud Bosh prokuror o‘rinbosarining iltimosnomasini qanoatlantirgan holda Voitovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni lozim topgan. Shuningdek, u DXX tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика