1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Voyaga yetmagan qizini qiynoqqa solib kelgan ota 3 yilga qamaldi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizning o‘z ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangani aks etgan video tarqalgandi.

Voyaga yetmagan qizini qiynoqqa solib kelgan ota 3 yilga qamaldi

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizning o‘z ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangani aks etgan video tarqalgandi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudida R.T. (1978 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ishsiz, muqaddam sudlangan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.

 

Aniqlanishicha, R.T. oxirgi bir yil davomida muttasil ravishda o‘zining 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizini har xil so‘zlar bilan haqoratlab, urib-do‘pposlab, qiynab kelgan.

 

Sud hukmiga muvofiq R.T. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Ushbu hukmdan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirish mumkinligi maʼlum qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика